
Sitora Musaeva, onkoginekolog.
Homiladorlikdagi savollarga javoblar
1Homiladorlikda jinsiy a’zoning gribog‘iga nima davo bo‘ladi? Maslahat bering.
Homiladorlik davrida zamburug’ni faqat shifokor bilan maslahatlashib, uni tekshirgandan keyingina davolash mumkin. Chunki homiladorlik davrida hamma dorilarni ham qabul qilib bo‘lmaydi.
232 haftamiz, grippdan davolanish uchun tavsiya beringlar.
Homiladorlik davrida turli dorilarni qabul qilish cheklanganligi sababli, homiladorlar og‘riq va isitma paytida Insti ichishlari va paratsetamol qabul qilishlari mumkin. Ko‘p miqdorda ichish shart: nima ichishingiz muhim emas, choy, suv – asosiysi katta hajmdagi suyuqlik.
3Meni homilam 4 oyga to‘lib 5-oyga o‘tdi, lekin men qimirlaganini sezmayapman. Nima maslahat berasizlar?
Bunday kichik muddatda homila harakatlarini sezmaslik odatiy holdir. Homiladorlikning 16-18 haftasidan keyingi birinchi tepkilarni kuting. Agar homiladorlik birinchi marta bo‘lsa, harakatlar kechroq boshlanishi mumkin (18-22 hafta).

