MUALLIFLIK MATERIALI
Sitora Musaeva
MUTAXASSIS JAVOB BERADI

Sitora Musaeva, onkoginekolog.

Homiladorlikdagi savollarga javoblar

1Agar shishlar 33-34 haftada paydo bo‘lsa, nima qilish kerak?

Uchinchi trimestrda shishlar – bu normal holat.

Ular o‘sayotgan bachadon tomirlarni siqib qo‘yishi va oyoqlardagi erkin qon oqimiga to‘sqinlik qilishi tufayli paydo bo‘ladi.

Shishlarni kamaytirish uchun harakatlanish yordam beradi. Kompression paypoqlarni ham kiying.

Ammo shishlar bilan birga qon bosimi ko‘tarilsa – albatta shifokorga murojaat qiling.

24 haftalik homladorman. Boshimda juda qattiq og‘riq bor. Nima qilsam bo‘ladi?

Yetarli miqdorda suv iste’mol qiling, ortiqcha charchamang, yetarlicha soat uxlang va stressdan qoching. Shuningdek, bosh og‘rig‘ida peshonangizga issiq kompress qo‘yib, qorong‘i va sokin xonada yotishga harakat qiling. Iliq dush qabul qilishingiz ham mumkin. Agar hech narsa yordam bermasa, homilador ayollarga istalgan muddatda paratsetamol qabul qilish mumkin.

3Meni oyoqlarim tomiri tottib qilayaptimi. Havfli emasmi? Nima qilib davolansam bo‘ladi? Homilam 37-hafta bo‘lgan.

Homiladorlikning katta muddatlarida oyoqlardagi tirishishlar me’yorda bo‘ladi. Biroq, bu kalsiy yetishmasligining belgisi ham bo‘lishi mumkin. Homiladorlikni olib borayotgan shifokor bilan qo‘shimcha dori-darmonlarni qabul qilishni muhokama qiling.