
Sitora Musaeva, onkoginekolog.
Homiladorlik davrida sog‘liq haqidagi savollar
1Men birinchi marta homilador man. Ammo ikki oyligimizdanoq biroz semirganimga stretch marklar, yirtilishlar tushdi. Yangi tushgan qizil binafsharang ranglarda.Uni davolasa bo‘ladimi?
Striyalar paydo bo’lishi holatlarida terini doimo A va E vitaminlariga boy bo‘lgan yog‘lar va kremlar bilan namlab turish kerak. Ularni kuniga 2-3 marta nam teriga cho‘milgandan keyin darhol surtish tavsiya etiladi.
229 haftalikmiz. 2 oydan beri qichishish bo‘lyapti, hech nima ta’sir qilmadi. Furatcilin bilan yuvib, maz surdim. Romashkaga ham foydasi bo‘lmadi. Qichishish tashqaridan. Nima maslahat berasizlar?
Qichishish mikrofloraning buzilishi yoki yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shifokorning yuzma-yuz tekshiruvisiz, iltimos, o‘zboshimchalik bilan davolanmang.
3Tish og‘riqqa nima ichsa bo‘ladi? 35 haftalikmiz.
Sizga shoshilinch ravishda stomatolog maslahati kerak. Og‘riqlarda faqat Paratsetamol qabul qilishingiz mumkin.

