MUALLIFLIK MATERIALI
Zinaida Umarbekova
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI

Zinaida Umarbekova, pediatr, neonatolog.

Bola gapirmasa: qachon mutaxassisga murojaat qilish kerak?

Quyidagi holatlarda, pediatr, logoped yoki bolalar nevrologiga murojaat qiling:

  • 6-7 oydan keyin ham bolaning tili chiqmagan bo‘lsa («ma-ma», «ba-ba» demasa);
  • 7-8 oyga kelib ismiga javob bermasa (boshini burmasa);
  • 12 oyga kelib oddiy so‘zlarni aytishga urinish bo‘lmasa;
  • 1 yoshdan keyin ham so‘zlar juda kam bo‘lsa va muloqotga urinishlar deyarli yo‘q bo‘lsa;
  • regress bo‘lsa: avval so‘zlari bor edi, keyin yo‘qolib qolsa.

Mutaxassisdan nima kutish mumkin:

  • • tekshiruv
  • • diagnostika
  • • o‘yinlar bo‘yicha tavsiyalar
  • • zarurat bo‘lsa motorika va nutqni rivojlantirish uchun mashg‘ulot kursi.