MUALLIFLIK MATERIALI
Sitora Musaeva
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI

Sitora Musaeva, onkoginekolog.

Homiladorlik bo‘yicha ro‘yxatga turish

Rasmiy ravishda – homiladorlikning 12 haftasigacha. Buni yashash joyingizdagi oilaviy poliklinikada amalga oshirishingiz mumkin. Homilador ayol reyestrga kiritiladi, ayirboshlash kartasi beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda qanday tahlillarni topshirasiz (12 haftagacha):

1Gemoglobin, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar miqdorini tekshirish uchun umumiy qon tahlili. Bu anemiya, yallig‘lanishni aniqlashga yordam beradi.

2Buyraklar qanday ishlashini tekshirish uchun umumiy siydik tahlili, yashirin infeksiyalar yo‘qligi, siydikdagi oqsil.

3Qon guruhi va rezus-faktor. Bu ona va homila o‘rtasidagi rezus ziddiyatining oldini olish uchun muhimdir.

4Infeksiyalar: RW (Vasserman reaksiyasi) – zaxmga, HBsAg – gepatit B ga, HCV – gepatit C ga, OIV – majburiy skrining.

5Koagulogramma (qonning ivishi). Trombozlar va asoratlar xavfi bo‘lsa, bu ayniqsa muhimdir.

6Bakterial infeksiyalar, mikrofloraning boshqa buzilishlarini aniqlash uchun qindan surtma.

Ro‘yxatni saqlang va kerakli qizlarga yuboring.