
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI
Sitora Musaeva, onkoginekolog.
Ikkinchi trimestrdagi tahlillar
- «Genetik uchlik» tahlili: Daun sindromi, Edvards sindromi va nerv nayi nuqsoni.
Gormonlar uchun qon tahlili
- OXG (odamning xorionik gonadotropini) — uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha homiladorlik to‘g‘ri kechayotganligi kuzatiladi.
- AFP (alfa-fetoprotein) — homila qanday rivojlanishini bilish uchun topshiriladi.
- Qon va siydikning umumiy tahlili.
- Takroriy ultratovush tekshiruvi — bolaning o‘sishi va rivojlanishini, amniotik suyuqlik miqdorini baholash uchun. Bu bosqichda siz chaqalog‘ingizning jinsini bilib olishingiz mumkin.
Shifokor har tashrifda vazn, qon bosimi va qorin o‘lchamlarini baholaydi, homila yurak urishini eshitadi. Birinchi homiladorlikda bu davrda homilaning dastlabki harakatlari sezilishi mumkin.

