
Shukrullayeva Dilafruz, bolalar stomatologi.
Bolaning og‘iz bo‘shlig‘ida yara bo‘lsa
Stomatit paydo bo‘lishining sabablari turlicha bo‘lishi mumkin.
Qachon shifokorga ko‘rsatish kerak
Agar bolaning og‘zida yaracha, pufakcha, oq qoplama yoki toshma paydo bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat qiling.
Nega faqat surtma vositalari yetarli emas
Og‘iz shilliq qavatining holati ko‘pincha boshqa kasalliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli stomatitni faqat surtma vositalar bilan davolab bo‘lmaydi — kompleks yondashuv zarur.
Davolanish davri
Odatda stomatit 10–14 kun ichida o‘tib ketadi, ammo bu davr bolaga qiyin kechishi mumkin: og‘izni chayish va og‘riqqa chidash oson emas. O‘zboshimchalik bilan davolamang va shifokor tavsiyasiga amal qiling.

