MUALLIFLIK MATERIALI
Zinaida Umarbekova
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI

Zinaida Umarbekova, pediatr, neonatolog.

Chaqaloqni birlamchi ko‘rikdan o‘tkazish

  • Dastlabki daqiqalar

Akusherka chaqaloqni onaning qorniga qo‘yadi, pediatr esa bolani issiq choyshab bilan artib, Apgar shkalasi bo‘yicha 1- va 5-daqiqada holatini baholaydi.

Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, bolaning rangi qizg‘ish, baqiryapti, harakatlari yaxshi – shunda Apgar shkalasi bo‘yicha ballar yuqori bo‘ladi. Zarur bo‘lsa, shifokor nafas yo‘llarini tozalaydi. Ba’zan bola sust va ko‘kimtir tug‘iladi, ammo bir necha daqiqadan so‘ng nafas olishi yaxshilanadi, teri rangi qizaradi. Bunday holatda birinchi daqiqadagi Apgar bali pastroq, ammo 5-daqiqada ko‘tariladi.

  • Dastlabki ikki soat

Chaqaloq ona ko‘kragi ustiga kamida 2 soatga qoldiriladi, shu vaqt ichida u ko‘krakka tutiladi. Bu holat «teri-teriga kontakt» deb ataladi. Bu ona va bolaga bir-birini his qilishga yordam beradi. Chaqaloqning mikroflorasi shakllanishni boshlaydi – bola onasining foydali bakteriyalarini oladi.

Bu jarayon onada laktatsiyani faollashtiradi va chaqaloq birinchi qimmatli tomchilar – og‘iz sutini oladi. Og‘iz suti – bu ozuqa va immun himoya konsentrati bo‘lib, chaqaloqni infeksiyalardan himoya qiladi. Tug‘ilgandan keyingi ilk soatlarda ko‘krakka tutilib emizilgan bolalar keyinchalik osonroq emadilar.

  • Keyingi muolajalar

Chaqaloq ona bag‘rida yotgan paytda unga qalpoqcha kiydiriladi va issiq choyshab yopiladi. Harorat 15 daqiqadan keyin va 1 soatdan so‘ng tekshiriladi – me’yor: 36,5–37,5 °C.

Ikki soat o‘tgach, akusherka chaqaloqningvaznini o‘lchaydi, bo‘yini va haroratini o‘lchaydi, kindigiga ishloq beradi, K vitamini va ko‘rsatmalarga qarab zarur hollarda emlashlar qiladi. Shundan keyin bola kiyintiriladi va onasi bilan birga palataga joylashtiriladi.

Tug‘ruq zali yoki tug‘ruqdan keyingi palatada pediatr bolani isitiladigan maxsus stolchada to‘liq tekshiruvdan o‘tkazadi. Shifokor reflekslarni tekshiradi, yurakni eshitadi, badanni qo‘l bilan paypaslab tekshiradi. Shundan so‘ng ona va bola tug‘ruqdan keyingi bo‘limga ko‘chiriladi.