
MUTAXASSIS JAVOB BERADI
Shukrullayeva Dilafruz, bolalar stomatologi.
Bolaning tishlari uvalanmoqda: nima qilish kerak?
O‘QUVCHI SAVOLI
Nabiram 1 yosh-u 9 oylik. Tishlari uvalanmoqda. Nima qilish kerak?
Tishlar nega uvalanishi mumkin
- Antibiotiklarni tez-tez yoki erta qabul qilish emal shakllanishiga ta’sir qilishi mumkin, ayniqsa bu tishlarning rivojlanish davriga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa.
- Emalning yetarli rivojlanmaganligi (gipoplaziya) kasalliklar, kalsiy va D vitamini yetishmovchiligi, asoratlangan homiladorlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
- «Butilka» kariesi uzoq davom etadigan emizish yoki sun’iy ovqatlantirish, ayniqsa kechasi tez-tez ovqatlantirish va tishlarni tozalamaslik bilan kuchayishi mumkin.
Muhim
Tishlarni kumushlash to‘liq davolash emas, balki vaqtinchalik chora hisoblanadi.
Nima qilish kerak
Bolalar stomatologining yuzma-yuz ko‘rigi zarur. Sut tishlarini tabiiy almashinuvgacha saqlab qolish uchun restavratsiya yoki qoplamalar kerak bo‘lishi mumkin. Tishlar tez yemirilayotgan bo‘lsa, takroriy tashrifni kechiktirmang yoki boshqa mutaxassisning fikrini oling.

