MUALLIFLIK MATERIALI
Sitora Musaeva
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI

Sitora Musaeva, onkoginekolog.

Homiladorlikni rejalashtirish

Nima uchun homiladorlikni rejalashtirish kerak?

1Davolanmagan TORCH infeksiyalari homila tushishi yoki homila rivojlanishidagi anomaliyalarga sabab bo‘lishi mumkin.

2Ayol organizmida vitamin va minerallar: foliy kislotasi, yod, temir, D vitamini va boshqalarning yetishmasligi ham muammolarga olib kelishi mumkin.

3Surunkali kasalliklar: qandli diabet, qalqonsimon bez, buyrak kasalliklari bilan bog‘liq hal etilmagan muammolar ham xavfli.

Ikkala hamkorga tavsiyalar:

  • homilador bo‘lishni rejalashtirishdan 3 oy oldin ikkala sherik uchun ham ichish va chekishni tashlash;
  • faol turmush tarzini olib borish.
  • ratsionga oqsillar, sabzavotlar, mevalar, baliq, yong‘oqlar qo‘shing.
  • 7-8 soatlik uyquni sozlash. Soat 23:00 dan kechiktirmay, gadjetlarsiz uxlash.

Keyingi postda homiladorlikni rejalashtirishda erkak va ayol nima qilishi, qanday tahlillar topshirishi va qanday vitaminlar qabul qilishi haqida ma’lumot beramiz. Obuna bo‘ling.