
MUTAXASSIS MAVZUNI TUSHUNTIRADI
Nigina Ismailova, umumiy amaliyot shifokori, pediatr.
Hasharot chaqqanda bolaga qanday yordam berish kerak?
Hasharot chaqqanda bolaga qanday yordam berish kerak?
Uy sharoitida nima qilish kerak
- Chaqqan joyni sovunli suv bilan yuving.
- Sovuq kompress qo‘ying.
- Fenistil-gel surting.
- Qichishish kuchli bo‘lsa, ruxli malham yoki Kalamin losyonini surting.
Bola chaqqan joyini yarasigacha qashlagan bo‘lsa, miramistin yoki xlorheksidin bilan ishlov bering.
Antigistamin dori qachon kerak bo‘lishi mumkin
- Chaqqan joy kuchli shishsa.
- Pufakchalar yoki eshakemi paydo bo‘lsa.
- Bola qichishish tufayli bezovta bo‘lib, uxlay olmasa.
Antigistamin preparatini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Darhol shifokorga murojaat qiling
- Bolada isitma paydo bo‘lsa.
- Bola bosh og‘rig‘idan shikoyat qilsa.
- Shish tez kattalashsa.

